Yosh dzyudochilarimiz Yevropa kubogida sovrindor bo‘ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida yoshlar o‘rtasida “European Cup – 2025” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi munosib ishtirok etdi.
Dunyoning 30 davlatidan kelgan 500 nafardan ortiq yosh dzyudochilar ishtirok etgan musobaqada Aselxan Aralbayeva va Umida Nig‘matova o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda Dilshodbek Hamroyev (-66 kg.) kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Bunyod Safarov (-73 kg.) bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA