Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimiz yana jahon chempionatining shohsupasida
09:23 / 2025-08-30

Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining medallai 4 ta oltin, 1 tadan kumush va bronzaga yetdi.

Jumladan, musobaqaning uchinchi kungi bellashuvlarida  -73 kg. vazndagi dzyudochimiz Sa’dulla Ravshanov bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, vazni -81 kg. bo‘lgan  Inomjon Bahodirov so‘nggi hal qiluvchi final bellashuvida gruziyalik Giorgi Mumladzeni ippon bahosi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va jahon chempioniga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida: bugun, 30 avgust kuni jahon chempionatining 4-kunida  qizlar -70 va +70, o‘g‘il bolalar -90 hadma +90 kilogramm vazn toifalarida bahs olib boradi. Unda quyidagi dzyudochilarimiz ringga ko‘tariladi:

Qizlar:

+70 kg: Zarina Bobonazarova –  Mariya Cherkeliyeva (Bolgariya);

Umida Nig‘matova – Astan Frasachko (Farnsiya):

Og‘il bolalar:

-90 kg: Musulmonqul Ahrorov –  Mayus Petrauskas (Litva);

+90 kg: Alibek Durdiyev – Abel Szekeresh (Vengriya).

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA