Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimiz Osiyo kubogida 13ta medalga sazovor boʻldi
12:45 / 2019-04-21

Kecha Qozogʻistonning Almata shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslariga start berildi.


Kecha Qozogʻistonning Almata shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslariga start berildi.

Ochiq kubok maqomida oʻtayotgan bellashuvlarda musobaqa mezbonlaridan tashqari Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Oʻzbekistondan jami 500 nafarga yaqin isteʼdodli dzyudochi gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Quvonarlisi, musobaqaning birinchi kuni hamyurtlarimiz uchun nihoyatda omadli keldi. Kechagi bellashuvlarda polvonlarimizdan Bahrom Boturov (-50 kg), Azizbek Ortiqov (-60 kg) va Muhammadqodir Mansurov (-90 kg) barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Muhayyo Ahmatova (-40 kg), Farangiz Rejepova (-57 kg), Joʻrabek Abdullayev (-66 kg), Jahongir Mamatrahimov (-81 kg) hamda Qahramon Rahmonov (+90 kg) musobaqaning kumush medalini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Sunnatillo Toʻxtayev (-52 kg), Temurbek Bobomurodov, (-52 kg), Sobirjon Karimov (-55 kg), Sanjar Pardayev (-73) va Islombek Ravshanqulov (+90 kg) shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Shu tariqa, Cadet Asian Judo Cup Almaty musobaqasining birinchi kunida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzolari 3ta oltin, 5tadan kumush va bronza, jami 13ta medalga ega chiqishdi.

Taʼkidlash joizki, Xalqaro dzyudo federatsiyasi qoidalariga koʻra ushbu turnirda gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarga reyting ochkolari beriladi. Unga koʻra turnir gʻolibi 100, kumush medal sohibi 60 hamda bronza medali egasi esa 40 ochkoni qoʻlga kiritadi.

Bugun bellashuvlar davom etmoqda.