Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimiz mahorati
14:16 / 2016-05-16

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo ochiq kubogida o‘nga yaqin davlatdan 150 dan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo ochiq kubogida o‘nga yaqin davlatdan 150 dan ziyod sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jadal rivojlanayotgan bolalar sporti yosh avlodni har jihatdan sog‘lom tarbiyalash va o‘zbek sportining jahondagi nufuzini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada polvonlarimiz 25 oltin, 21 kumush va 31 bronza medalni qo‘lga kirtdi.

O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga oltin medallarni Alisher Jo‘rayev, Behruz Omondavlatov, Shahboz Po‘latov, Artem Shturbabin, Muso Sobirov, Guloyim Jumaboyeva, Shahnoza Omonova, Shahzoda Usmonova, Mahliyo Mannonova, Umida Saidova kabi yosh iste’dod egalari keltirdi.

– Osiyo kubogida g‘olib bo‘lganimdan xursandman, – deydi samarqandlik Sh.Omonova. – Kelajakda qit’a va jahon chempionatlari hamda Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman.