Yosh dzyudochilarimiz ilk kunda 6 ta medal jamg‘ardi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Kuni kecha start olgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Kamol Murodov va Iskandar Rasulov murabbiyligidagi o‘zbekistonlik dzyudochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Birinchi kungi bahslarda Halimajon Qurbonova, Azizbek Ortiqov va Shukurjon Aminova oltin medalgi ko‘lga kiritgan bo‘lsa, Umida Jumaniyozova, Farangiz Rejepova hamda Hojiakbar Toshev o‘z vazn toifasida bronza medaliga ega chiqdi.
Yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi bugun o‘z nihoyasiga yetadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 16 davlat orasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan edi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA