Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilarimiz ham qit’ada tengsiz
11:02 / 2023-07-31

Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tgan Osiyo kubogining so‘nggi kunida vazni og‘ir bo‘lgan polvonlar bahs olib bordi.

“Alpomish” sport saroyida o‘tgan bellashuvlarda Mohlaroyim To‘xtamishova, Shirinjon Yo‘ldosheva, Xurshida Razzoqberdiyeva o‘z vaznida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida turli vazn toifalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Mahmudjon Maxsudov, Rustam Shorahmatov, Alisher Samanov, Ahror Ziyodullayev shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.  

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarida qit’amizning 5 davlatidan 258 nafardan ziyod dzyudochi ishtirok etdi. 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA muxbiri