Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilar yangi g‘alabalar sari ilk qadamni tashlashdi
13:41 / 2025-03-05

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida 2014 - 2016 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasidagi "Judo Sports Clubs Cup 2025" turniri qiziqarli o‘tmoqda.

Mamlakatimiz va qo‘shni davlatlarning yosh sportchilari va klublar o‘rtasidagi dzyudo bahslari haqiqiy iste’dodlarni kashf etadigan musobaqa sifatida yodda qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, birinchi kungi musobaqalarda 700 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etgan bo‘lsa, ikkinchi kungi bellashuvlarda 900 nafarga yaqin yosh dzyudochi g‘oliblik yo‘lida kurash olib bordi.

Shiddatli kechgan bahslar yakunida Usmon Po‘latov, Abdumalik Yusupov, Sherzod Abdusamatov, Abdullaxo‘ja G‘ulomqodirov, Muhammadali Abdullayev singari o‘nlab sportchilar shohsupadan joy olishdi.

G‘olib va sovrindorlikka erishgan sportchilar medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shahobiddin Nishonov,

Ziyovuddin Haytullayev,

O‘zA