Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilar Sirdaryoda kuch sinashdi
15:15 / 2025-02-18

Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida yoshlarning sport turlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular orasidan bo‘lg‘usi chempion sportchilarni yetishtirib chiqarish maqsadida 2010-2011, 2012-2013 yillarda tug‘ilgan kichik yosh guruhidagi sportchilar o‘rtasida sportning dzyudo turi bo‘yicha Sirdaryo ochiq musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda qo‘shni Tojikiston Respublikasidan jami 400 nafardan ortiq dzyudochi– kichik yosh sportchilar ishtirok etib, turli vazn guruhlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.  

Musobaqa natijalariga ko‘ra, bir qator yosh sportchilar o‘zini yuqori saviyada namoyon etdi va g‘oliblar qatoridan o‘rin oldi. Akobir Arzimurodov, Diyorbek Fayzullayev, Mehroj Rustamov, Ozoda Hakimova, Shahlo Yo‘ldosheva, Kumush Norboyeva, Odina Sayfullayevalar oltin medalni qo‘lga kiritdi.  

Umumjamoa hisobida Sirdaryo viloyati sharafini himoya qilgan kichik yoshdagi dzyudochilar 7 ta oltin, 4 ta kumush, 13 ta bronza medali bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘ringa Toshkent shahridan, 3-o‘ringa Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan kichik yoshdagi dzyudochilar musharraf bo‘ldi.  

Ahamiyatlisi, Sirdaryoda sportning dzyudo, yengil atletika, boks, belbog‘li kurash kabi turlariga qiziqadigan, muntazam shug‘ullanadigan kichik yoshdagi sportchilar soni kun sayin oshib bormoqda. Bu yerda dzyudo, yengil atletika kabi sport to‘garaklari yo‘lga qo‘yilib, bolalar shug‘ullanishi, musobaqa tashkillashtirilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgani iqtidorli sportchilarning yetishib chiqishiga zamin bo‘lmoqda.

[gallery-21790]

Sirdaryoda dzyudo sport turi bo‘yicha ikki kun davomida o‘tkazilgan Sirdaryo ochiq musobaqasi g‘olib va faol ishtirokchilariga musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri