Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilar Olimpiya cho‘qqilari sari intilmoqda
15:25 / 2025-08-14

Jizzax shahridagi “Kiber sport” arenasida Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda dzyudo sporti bo‘yicha 2008–2009 yillarda tug‘ilgan o‘smir o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etishdi.

Ikki kun mobaynida davom etgan musobaqalarda shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 150 nafarga yaqin iqtidorli sportchi o‘z vazn toifalarida tatamiga chiqib, respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun bahs olib borishdi. O‘smir o‘g‘il-qizlar sakkizta vazn toifasida bellashib, tengsiz deb topilgan yosh dzyudochilar bosh mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

Musobaqa yakunida Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari Sardor Shukurullayev ishtirokchilarni samimiy qutlab, g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.

[gallery-24760]

Mazkur sport bahslari nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki yosh avlodni intizom, iroda va maqsadga intilish ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

A. Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari