French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dzyudochilar bahsi murosasiz o‘tdi
10:15 / 2020-11-23

Poytaxtimizdagi «Unisversal» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati kutilmagan natijalarga boy o‘tdi.

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 400 nafarga yaqin yosh dzyudochi raqobatlashdi.

Chempionatda Muzaffarbek To‘raboyev, Shohruxxon Baxtiyorov, Jaloliddin Boynazarov, Ramazon Alladerdiyev, Sardor Xurramov, Irisxon Qurbonboyeva, Xosiyat Masharipova, Ibodatxon Agajonova hamda Gulsevar Abdumutalipova o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, musobaqa davomida har tomonlama o‘zini munosib ko‘rsatgan dzyudochi hamda hakamlar aniqlandi va tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA