Yosh dasturchilarga prezident sovg‘alari topshirildi
Xabaringiz bor, kuni kecha davlatimiz rahbari Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurib, bir qator axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va yoshlar bilan uchrashgan edi.
Ushbu muloqot o‘tkazilgan akademiyada yuzlab yoshlar zamonaviy dasturlash ko‘nikmalarini egallab, o‘qish davomidayoq daromad topmoqda. Davlatimiz rahbari bunday maskanlarni boshqa hududlarda ham tashkil qilish zarurligini aytib, bu boradagi tashabbuslar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. Shuningdek, uchrashuv davomida Davlatimiz rahbari “Astrum” IT akademiyasi yoshlari bilan fotosuratga tushdi.

Bugun ushbu suratlar tuman hokimi U. Atemov tomonidan yoshlarga mamnuniyat bilan topshirildi.
A.Musayev,O‘zA.