Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dasturchilar tanlovi
20:33 / 2022-03-23

Guliston shahrida yosh dasturchilar oʻrtasida soha va tarmoqlarni raqamlashtirish orqali muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan “IDEATHON” gʻoyalar koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Mazkur koʻrik-tanlovda 60 dan ortiq jamoalar qatnashib, taʼlim, tibbiyot, energetika, qishloq xoʻjaligi, qurilish va xizmat koʻrsatish sohalarini raqamlashtirish hamda muammolarni hal qilishga oid gʻoyalarini taqdim etdi.

Koʻrik-tanlovda Sirdaryo viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari boshqarmasi, IT-Park Sirdaryo filiali, Xalq taʼlimi boshqarmasi, Guliston davlat universiteti, Toshkent Kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali, Innovatsion rivojlantirish boshqarmasi vakillari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida hakamlar hayʼati tomonidan eng yaxshi gʻoyalarni taqdim etgan ishtirokchilar gʻolib deb topilib, ularga viloyat hokimining qimmatbaho sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, tadbirning faol ishtirokchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Sh. Suyarov, OʻzA.