English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh dasturchilar forumi
18:46 / 2020-11-26

Jizzaxda yosh dasturchilar forumi bo‘lib o‘tdi. Informatsion texnologiyalarni rivojlantirish, sohada yoshlarning bilim ko‘nikma va malakasini oshirish, frilanserlikni ommalashtirish, yangi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan forumda 16-25 yoshli yoshlar qatnashdi.

Zomin oromgohida uch kun davom etgan forumda 70 nafar sohaga qiziqadigan, dasturlash sirlarini o‘rganayotgan umumumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda yosh frilanserlar qatnashdi. Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan @yosh_dasturchi20 telegram kanalida onlayn-platforma orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Forum tadbirlari ikki bosqichda o‘tkazildi.

Birinchi bosqichda respublikamizning IT sohasidagi yetakchi mutaxassislari yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etilgan ishtirokchilar kichik guruhlarda master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar IT sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan tanlovlarda qatnashdi. Tanlovda ishtirokchilarning SM, mobil-ilovalar, grafik-dizayn, dasturlash, veb-saytlar yaratish, robotatexnika yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari taqdimotlari o‘tkazildi.

Tanlovda ishtirokchining har bir loyiha taqdimoti uchun 10-15 daqiqagacha vaqt ajratildi.

[gallery-175]

Tanlovlar davomida hakamlar hay’ati tomonidan loyihalarning aniqligi, kreativligi, dolzarbligi, hayotga tatbiq etish usullariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchining sohaga oid bilimlariga, loyihani aniqlik bilan ochib berish qobiliyati alohida hisobga olindi.

Olti yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunida “Eng zo‘r g‘oya muallifi”, “Eng zo‘r dasturchi”, “Eng zo‘r veb-sayt yaratuvchisi”, “Eng zo‘r loyiha muallifi”, “Eng zo‘r internet reklama muallifi” “Eng zo‘r grafik-dizayn yaratuvchisi”, “Eng zo‘r mobil-ilova yaratuvchisi”, “Eng yosh dasturchi” “Eng faol ishtirokchi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

– Prezidentimiz tomonidan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingan 2020 yida mamdakatimizda IT sohasini rivojlantirishda katta ishlar amalga oshirilgani biz yoshlarga yangi imkoniyat eshiklarini ochayotir, – deydi “Eng zo‘r dasturchi” nominatsiyasi g‘olibi Ahmadjon Zoirov. – Yaqinda Jizzax shahrida IT Park filiali ochilgani shu katta imkoniyatlarning yana biridir. Ushbu o‘tkazilgan forum ham faqat g‘oliblarni aniqlash emas, yoshlarning bilimlarini oshirishga qaratilgan juda muhim tadbirlardan bo‘ldi. Forum qiziqarli va yuqori saviyada tashkil etilgani uchun tashkilotchilardan minnatdormiz.

Tanlov g‘oliblari diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, faol ishtirokchilarning 11 nafariga “Raqamli texnologiyalar” markazi hududiy direktori tomonidan “Raqamli texnologiyalar” markazlarida bepul ta’lim olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Forum tashkilotchilari va hamkorlarning kelishuviga ko‘ra ushbu forum har yili ikki marta o‘tkazilishi belgilandi.

T. BEKNAZAROV, J. YORBEKOV (surat), O‘zA