Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh chempionning orzusi – olimp choʻqqisini zabt etish
08:11 / 2019-03-01

Avval xabar berganimizdek, yaqinda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir tashkil etildi.


Avval xabar berganimizdek, yaqinda Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida xalqaro turnir tashkil etildi.

Professional boks boʻyicha ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, hozirda siyosat olamida faoliyat olib borayotgan Nikolay Valuyev sovrini uchun oʻtkazilgan anʼanaviy turnirda 18 nafar yosh charm qoʻlqop ustalarimiz ham ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro turnirda 68 kg.gacha vazn toifasida ringga koʻtarilgan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchisi Shahboz Hamidullayev oltin medalga sazovor boʻldi.

Men boks bilan ikki yildan beri shugʻullanib kelaman. Ustozlarim Ruslan Tulenbayev va Akmal Hasanov qoʻl ostida boks sirlarini mukammal oʻrganishga harakat qilyapman. Sankt-Peterburgdagi turnir yuqori saviyada tashkil etildi. Raqiblarim ham kuchli edi, men uchun ayniqsa yarim final jangi juda qiyin kechdi. Shunga qaramay murabbiylarimning yordami bilan yakunda chempion boʻldim. Orzum – kelgusida Osiyo va jahon chempionatlari hamda Olimpiya oʻyinlarida gʻalaba qozonib, Oʻzbekiston bayrogʻini yuqori koʻtarish, - dedi Nikolay Valuyev sovrini uchun oʻtkazilgan xalqaro turnir gʻolibi Shahboz Hamidullayev.