FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi «Universal horses stable» ot sporti klubida «Show Jumping» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Balandligi 80 sm., 110 sm., 120 sm. bo‘lgan to‘siqlardan sakrab o‘tish bellashuvlari keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
80 sm. balandlikdagi to‘siqlarni zabt etishda Sofiya Beryozkina barcha tengdoshlarini ortda qoldirdi va g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Xuddi shu balandlikda yana bir bellashuv o‘tkazildi: bu endigina sport musobaqalarida qatnasha boshlagan otlar o‘rtasida bo‘ldi. Bu borada Humoyun Abdullayev g‘olib bo‘ldi.
[gallery-24934]
Polina Dudnikova (110 sm.) va Behzod Ro‘zimuhammedov (120 sm.)lar ham g‘oliblar safidan o‘rin egalladi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan medal, diplom va kubok bilan taqdirlandi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN olgan suratlar.