Yosh chavandozimiz Janubiy Koreyada 1-o‘rinni egalladi
Janubiy Koreya poytaxti Seulda o‘tkazilayotgan "Korea Racing Authority" (KRA) kubogi bahslarida mamlakatimizning yosh chavandozi Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tayvan, Filippin, Singapur, Malayziya vakillarini dog‘da qoldirdi.
12 ta davlatning yosh chavandozlari ishtirokidagi murosasiz bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Firdavsbek Davronbekov “King Class” laqabli otda estafeta yo‘nalishida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni tayvanlik chavandozlar Pen-Chen Chen va Amber egalladi. Uchinchi o‘rin Birlashgan Arab Amirligi vakillari Mabxout Alkabri va Xanva Loukalandga nasib etdi.


Mazkur musobaqada g‘oliblikka erishgan sportchimiz bugun Toshkentga qaytib keldi. Janubiy Koreya musobaqasida g‘oliblikka erishgan Firdavsbek Davronbekov Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA