English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh botanik olimlar qanday tadqiqotlar olib boryapti?
16:34 / 2023-10-04

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston yosh botanik olimlarining an’anaviy III Respublika anjumani doirasida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xo‘sh, bugungi kunda yosh botanik olimlar tomonidan qanday tadqiqotlar olib borilyapti? 

— Ilmiy ishimning mavzusi g‘o‘zada alohida xromosoma shakl va liniyalarini yaratish, — deydi O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya fakulteti, genetika kafedrasi doktoranti Shuhrat Boboxo‘jayev. — Bugungi yosh olimlar ilmiy konferensiyasida g‘o‘zalarda uchraydigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qilingan ishlar haqida tushuncha berib o‘tdim. 

Ushbu anjuman botanika sohasida o‘qib, ish izlab yurgan ko‘pchilik yoshlarni qamrab oldi.

— Anjuman doirasida ko‘plab yoshlar bizga ish masalasida murojaat qildi, — deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta ilmiy xodimi Ziyovuddin Yusupov. — Ular orasidan botanika sohasini chuqur tushunadigan, izlanish olib borishga tayyor, ko‘zlari chaqnab turgan yoshlardan bir nechtasining hujjatlarini olib qoldik. Hozircha bizda ish o‘rinlari yetarli. Ularni ish bilan ta’minlashga harakat qilamiz. Hozirgi kunda laboratoriya xodimlari aynan yoshlar jamoasidan tashkil topgan. Ularning har bittasida ingliz tili sertifikatlari mavjud. 6 nafar xodimimiz xorijda PhD hamda magistr darajalarini olishga harakat qilishyapti.

Tadbir ishtirokchilari institutda molekulyar tadqiqotlar amalga oshirilayotganini, laboratoriya sharoitlari jahon standartlari talablariga javob beradigan darajada ishlayotganini ta’kidladi.

N.Rahmonova, O‘zA