Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimizning g‘olibona yurishi davom etmoqda
14:22 / 2026-03-09

Tailandning Bangkok shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Futures Cup" xalqaro turnirida ikkinchi kungi bahslar ham start oldi.

Biz uchun ahamiyatlisi bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ringga ko‘tariladi.  

Dunyoning 77 ta davlatida 454 nafar yosh charm qo‘lqop ustalari qatnashayotgan ushbu musobaqaning 9-mart kungi bellashuvlarida vazni -55 kg. bo‘lgan Bekzod Ismoiljonov senegallik bokschi Sall Mohamedni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va keyingi bosqichga chiqdi.  

Afsuski, -57 kg. vaznda bo‘lib o‘tgan jangda Farzuna Ro‘ziyeva hindistonlik Longjam Radhamaniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Musobaqaning kechki dasturida quyidagi ikki vakilimiz jang qiladi:

-60 kg: Bobomurod Boymirzayev - Sun Jao Ting. (Xitoy Taypeyi) .

-65 kg: Ibrohim Shokirjonov - Abudujiyeli Kadiyerding (Xitoy)  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA