Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimizning 10 nafari sovrinli o‘rinlarga yaqin
13:53 / 2022-11-22

Xabar berganimizdek, Ispaniyaning La-Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha chempionatning bir qator vaznlarida chorak final bahslari yakuniga yetdi.  

70 dan ziyod davlatning 600 nafarga yaqin bokschi o‘g‘il-qizlari qatnashayotgan musobaqaning kecha yakunlangan chorak final janglarida ishtirok etgan 6 nafar hamyurtlarimiz g‘alabaga erishib, chempionat medallariga ega chiqqan holda oltin medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.  

48 kilogrammda Gulsevar G‘aniyeva Xitoy Taypeyi vakilasi Yi-Xuan Guodan, 54 kilo og‘irlikdagi Xo‘janazar Nortojiyev irlandiyalik Sheyn Rayyandan, 67 kilogrammda Javohir Ummataliyev Armaniston vakili Ares Xakobyandan, 70 kiloda Aziza Zokirova qozog‘istonlik Gauxar Shaibekovadan, 81 kiloda Oltinoy Sotimboyeva polshalik Yelena Pepekdan hamda 75 kilogrammda medallar uchun kurashayotgan To‘rabek Habibullayev Armaniston sportchisi Alik Ovanisyandan ustun keldi.  

Bugun, 22 noyabr kuni davom etadigan chorak final janglarida 71 kiloda Fazliddin Erkinboyev turkiyalik Sulton Osmanli bilan, 75 kg.da Baxtiyor Asadov marokashlik Sulaymon Samguli bilan, 80 kg.da Rahmatullo Boymatov gretsiyalik Mixail Samaladis hamda qizlar o‘rtasidagi 75 kilogrammda Sahobat Husanova Ekvador vakilasi Gabriyella Kazar bilan yarim final masalasini hal etadi.  

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining g‘oliblari 26 noyabrda aniqlanadi.  

 

T.Ro‘ziyev,

O‘zA