English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimizda to‘qqizta medal
11:15 / 2016-02-17

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 2000-2001-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘nga yaqin davlatdan 300 dan ziyod bokschi ishtirok etgan musobaqada Samandar Xolmurodov vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qozog‘istonlik Siddiq Muhammedali, rossiyalik Kagir Minatullayev va Magomed Shamsayev ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Temur Merjanov ozarbayjonlik Rajab Niftaliyev, qozog‘istonlik Asilbek Qodirbek, Ayat Aytkaliyev va Beken Pernexanni yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida Abdumalik Xaloqov, Navo Tamazov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Javlonbek Yo‘ldoshev, Halimbek O‘tegenov, Abdulaziz Abdupattayev, Asadbek Shodiboyev va Temurbek Sa’dullaev bronza medal bilan taqdirlandi.