Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimiz Tojikiston musobaqasida 10 ta medalli bo‘ldi
11:53 / 2023-07-29

Tojikistonning Xo‘jand shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimizning umidli charm qo‘lqop ustalari 10 ta medallar shodasini qo‘lga kiritdi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning 200 nafarga yaqin o‘smirlari ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Yosh bokschilarimizdan A.Abduraimov,  X.Qahhorov,  E.Baxtiyorov, J.Olimjonov, K.Hamzayev oltin, S.Zaripov, F.Ismoilov, Sh.Alisherov, M.Alijonov kumush hamda Sh.Qahhorov bronza medaliga ega chiqib, tajribali bokschilarimizning munosib izdoshlari kamolga yetayotganini namoyish etdi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA