Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimiz Ruminiyadagi turnirda 18 ta medalga sazovor bo‘ldi
15:50 / 2024-02-19

Ruminiyada boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Dracula-2024 open” turnirida yurtimiz vakillari umumiy hisobda 9 ta oltin, 7 ta kumush va 2 ta bronza medaliga egalik qilgan holda, umum jamoada birinchi o‘rinni egalladi.

Moldova, Polsha, Qozog‘iston, Gretsiya, Ruminiya, Italiya kabi davlatlarning mahoratli bokschilari qatnashgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, o‘smirlar terma jamoamiz 5 ta oltin, 1 ta kumush, yoshlar terma jamoamiz a’zolari bo‘lsa 4 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekistonlik o‘smir bokschilardan Ahadbek Uraimov, Muhammad Rizo Ukimov, Qilichbek Tohirov, Yormuhammadbek Husanboyev, Sardorbek Sa’dullayev oltin, Artur Kenesbayev kumush, yosh charm qo‘lqop ustalaridan esa Sobirjon Tastanov, Samandar Olimov, Ruslan Esanov, Shahzod Polvonov oltin, Abdulaziz Abdunazarov, Mironshoh Norqosimov, Elbek Baxtiyorov Shamsiddin Tursunov, Norbek Abdullayev, Javohir Mehriddinov kumush, Nodirbek Allaberganov va Akbar Ahmadov bronza medallariga sazovor bo‘ldi. 

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA