Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimiz qit’ada tengsiz
17:03 / 2017-07-10

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 5 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 5 oltin, 3 kumush va 1 bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Nufuzli musobaqada qit’amizning yigirmadan ziyod davlatidan kuchli bokschilar o‘nta vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun bellashdi.

Chempionatning vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bahslarida Samandar Xolmurodov iroqlik Muhammad Zuhayriy, indoneziyalik Vaxyu Firmansiyax, xitoylik Guo Tiani va hindistonlik Sachinni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

O‘z vazn toifasida Farrux Ilhomov, Rajabboy Otanazarov, Profsor Rorimsha va Lazizbek Mullajonov ham raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Abdumalik Halakov, Bilolbek Mirzarahimov va Temur Ergashev kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Saidjamshid Ja’farov bronza medal bilan taqdirlandi.