English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilarimiz Osiyo chempionatida bahslashadi
10:11 / 2018-04-17

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 19-28 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 19-28 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yigit-qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Unda mamlakatimiz sharafini o‘g‘il bolalar o‘nta vazn toifasida, qizlar esa beshta vazn toifasida himoya qiladi.

Chempionatda ishtirok etadigan bokschilarimiz bilan tanishing:

Sodirbek Kamolmirzayev (49 kg), Samandar Xolmurodov (52 kg), Abdumalik Xalokov (56 kg), Ramazon Ziyatov (60 kg), Halimbek O‘tegenov (64 kg), Jahongir Rahmonov (69 kg), Navo Tamazov (75 kg), Timur Merjanov (81 kg), Javohir Tog‘aymurodov (91 kg), Jamshidbek Mahmadaliyev (+91kg).

Xursandoy Xolmatova (51 kg), Maftuna Fayzullayeva (54 kg), Nasiba Xayrullayeva (57 kg), Mahliyo Rahimova (60k g), Navbahor Hamidova (75 kg).