Yosh bokschilarimiz Olimpiya yo‘llanmasi uchun mardonavor kurashmoqda
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi "Futures Cup" xalqaro turniri vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Musobaqaning ikkinchi kungi bahslarida vazni -55 kg. bo‘lgan Bekzod Ismoiljonov senegallik Sall Mohamedni, -60 kg. vaznda Bobomurod Boymirzayev Xitoy Taypeyi vakili Sun Jao Tingni, 65 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ibrohim Shokirjonov xitoylik Abudujiyeli Kadiyerdingni taslim etdi.
Bugun, 10-mart kuni xalqaro turnirning uchinchi kungi dasturida quyidagi vakillarimiz jang qiladi:
-54 kg: Sabrina Chakomanova — Un Gyong Jon (KXDR).
-50 kg: Yorqinjon Abdug‘aniyev — Abdulvahab Omar (Livan).
-51 kg: Nazokat Mardonova — Ayыm Tankibayeva (Qozog‘iston).
-48 kg: Maftuna Musurmonova — Assыlay Murat (Qozog‘iston).
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva — Bruk Miller (Yangi Zelandiya).
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA