Yosh bokschilar O‘zbekiston chempionligi uchun bahslashmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” Yakka kurashlar majmuasida boks bo‘yicha kichik o‘smir qizlar va bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Chempionat musobaqalarida yosh bokschi qizlar 15 ta, o‘g‘il bolalar 15 ta vazn toifasidagi janglarda ringga ko‘tariladi.

Kecha mamlakat birinchiligining ilk kunida 180 nafardan ziyod kichik o‘smirlar ishtirokida dastlabki kun bahslari o‘tkazildi.

Bugun, 9 fevral kuni chempionat doirasida 91 ta juftlikdagi saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Musobaqalarning saralash janglari ertaga 10 fevralga qadar davom etsa, chorak finallar 11 fevral kuni, yarim final 12 fevral, final bahslari esa 13 fevral kuni tashkil etiladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA