Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschilar mahorat va imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi
15:14 / 2025-07-28

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida 21-27 iyul kunlari boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 350 nafar yosh bokschi 15 ta vazn toifasida bellashib, o‘zlarining mahorat va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. 

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakunida har bir vazn toifasi bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tegishli medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

[gallery-24495]

Umumjamoa hisobida Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bokschilariga teng keladigan jamoa topilmadi. Ular chempionat bahslarida turli vazn toifalari bo‘yicha 8 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritib birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Chempionatda ikkinchi o‘rin mezbon – Andijon viloyati jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Farg‘ona viloyati yosh bokschilariga nasib etdi. 

 Chempionat bahslari yosh bokschilar uchun nafaqat o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish imkonini berdi, balki kelgusida xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish yo‘lida tajriba maydoni bo‘ldi. 

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari.