English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh bokschi qizlarimiz Osiyo chempionati shohsupasida
15:51 / 2023-11-03

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida qizlarimiz 3 ta oltin, 6 ta kumush hamda 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 52 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Zilolaxon Yusupova oltin medal uchun o‘tgan bahsda Hindiston vakili Mohini ustidan zafar quchib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan Oltinoy Sotimboyeva hindistonlik Pooniya Khushini, -70 kgda esa Oysha Toirova hindistonlik Yadav Pranjalni taslim qildi va Osiyo chempioniga aylandi.  

Shuningdek, chempionatning final uchrashuviga qadar o‘tgan bahslarda g‘alaba qozongan Gulsevar G‘aniyeva, Uzukjamol Yunusova, Mushtariybonu Ibrohimjonova, Odinaxon Ismoilova, Sanobar Bozorboyeva hamda Diyoraxon Abdumannopova o‘z vazn toifalarida kumush medal bilan taqdirlandi.  

Robiyaxon Baxtiyorova, Sitora Bahodirova va Aysenem Saruarova yurtimizga bronza medal bilan qaytadigan bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA