Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
10:35 / 2025-06-24

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatga erishdi.

Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 141.850 ochko jamg‘arib, jamoaviy yo‘nalishda bronza medaliga ega chiqdi.

Jahon chempionatida 147.350 ochko jamg‘argan Bolgariya terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 143.200 ochko sohibi bo‘lgan AQSHlik badiiy gimnastika ustalari kumush medalli bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA