Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi barcha narsadan ustun
15:18 / 2023-11-02

Farg‘ona viloyatida ta’lim muassasalarini zamon talablari darajasida barpo etish, ularda yosh avlodning eng ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida bilim olishi uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida birgina Furqat tumanidagi umumta’lim maktablarini qurish-ta’mirlash ishlarining o‘ziga joriy yilda 14 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Jumladan, tumanning “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 8-umumta’lim maktabida qo‘shimcha 540 o‘rinli o‘quv binosi hamda 12x24 hajmdagi yangi sport zali qurilib, foydalanishga topshirildi. Buning uchun salkam 7,4 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Bundan tashqari maktabga zamonaviy o‘quv, mebel jihozlari va kompyuter-texnika vositalari olib kelindi. Shunday qilib, maktab quvvati 2,4 koeffitsiyentdan 1 koeffitsiyentga tushirilib, darsdan so‘ng to‘garaklar, qo‘shimcha dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratildi.

[gallery-14356]

O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon Qodirov olgan suratlar