Yosh avlod ma’naviyati – dolzarb masala
Navoiy shahrida viloyatdagi umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’ba boshliqlari hamda faol maktab direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov ishtirok etib, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, ularda liderlik qobiliyatini rivojlantirish, sardorlik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
[gallery-14647]
Tadbirda Karmana tumanidagi 3- va 6-umumta’lim maktablari hamda Navoiy shahridagi 6-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari faoliyati alohida e’tirof etilib, ularning ish tajribalarini ommalashtirish xususida takliflar bildirildi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA