Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh atletlarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi
12:25 / 2017-07-31

Yosh og‘ir atletikachilarimiz Katmandu shahrida (Nepal) o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 11 oltin, 6 kumush, 12 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yosh og‘ir atletikachilarimiz Katmandu shahrida (Nepal) o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, 11 oltin, 6 kumush, 12 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, nufuzli musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Sarvar Toshtemirov va Aleksandr Li o‘z vazn toifasida tengsiz ekanini isbotlab, shtangani dast, siltab ko‘tarish va ikkikurash natijasiga ko‘ra uchtadan oltin medalga sazovor bo‘lgan.

O‘z vazn toifasida Saidmuxtor Saidahrorov uchta kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Azim Hojiyev uchta, Musharrafbek Rahimov ikkita va Muhammadqodir Toshtemirov bitta bronza medal bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 6 oltin, 3 kumush va 6 bronza medal bilan yigirmadan ziyod davlat terma jamoalari orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Gulnoza Ahmadova vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida shtangani dast, siltab ko‘tarish va ikkikurash natijasiga ko‘ra barcha raqibalarini ortda qoldirib, uch marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Kumushxon Fayzullayeva ikkita oltin va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Tursunoy Jabborova uchta kumush, Shahlo Abdullayeva uchta va Shodmonoy Ochilova ikkita bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 5 oltin, 3 kumush, 6 bronza medal bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Sportchilarimiz 29 iyul kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.