English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh atletlarimiz mamlakat chempionatida bahslashmoqda
16:14 / 2024-09-13

Urganchda yengil atletika bo‘yicha U14 yosh toifasida yigit va qizlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi o‘tkazildi.

Musobaqaning ilk kunida 100, 300 va 1000 metr masofaga yugurish bahslarida Lazizbek Abdullayev, Odilbek Hamdamov, Daler Ne’matullayev, Aslzoda Farxodova, Milana Poklonova hamda Charos Jo‘rayeva marra chizig‘ini birinchilardan bo‘lib bosib o‘tdi. Shuningdek, 110 hamda 100 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Lazizbek Abdullayev, Irina Belyalova g‘olib bo‘ldi.

Yadro uloqtirish bo‘yicha Muhumxon Boboyev va Kumushoy Sanoqulova O‘zbekiston chempioniga aylangan bo‘lsa, balandlikka sakrash bo‘yicha Diyora Ubaydullayevaga teng keladigani topilmadi. Ayollar o‘rtasidagi uchkurash bellashuvlarida Barno Tursunboyeva 1457 ball bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA