Yosh atletlar saralandi
Poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha 2005-2006-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.
Poytaxtimizda yengil atletika boʻyicha 2005-2006-yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.
Chempionatning turli masofaga yugurish bahslarida Sharifa Davronova, Munisa Haitboyeva, Dilshoda Usmonova, Ozodbek Odilov, Aktam Qobilov, Jaxongir Mahmudov marra chizigʻini birinchi boʻlib bosib oʻtdi. 100 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurgan qizlar oʻrtasida Xushnoza Shavkatova tengsiz ekanini yani bir bor isbotlagan boʻlsa, oʻgʻil bolalar oʻrtasida 110 metr masobaga toʻsiqlar osha yugurishda Joʻrabek Ashurov oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Balandlik va uzunlikka sakrashda Barnoxon Sayfullayeva, Xushnoza Shavkatova, Asadbek Yoʻldoshev, Aziz Sobirov shohsupaning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Yadro uloqtirish bahslarida esa Yuliana Shukina va Otabek Abdullayev mamlakat chempioniga aylandi.