Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bo‘yicha Osiyo rekordini yangilagani qayd etildi
Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Mohir sportchimiz Tolibboy Yo‘ldoshev ham biryo‘la ikkita marrani zabt etgani, ikki karra paralimpiya chempioni Yorqinbek Odilov nayza uloqtirish bo‘yicha Osiyo rekordini yangilagani qayd etildi.
Prezident Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev, Elbek Sultonov, Asadbek Toshtemirov, Sherzod Namozov kabi o‘g‘lonlarimizni ham oltin medallar bilan yana bir bor chin yurakdan qutladi.
Po‘lat irodali qizimiz Ro‘za Qo‘ziyeva pauerlifting bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgani, aslida bu oltinga teng g‘alaba ekanini butun dunyo tan olgani ta’kidlandi.
O‘zA