Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi
17:12 / 2023-07-31

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida markazda yetishtirilgan jami 600 yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ushbu markaz Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikda, janubi-g‘arbiy tomonidagi cho‘l hududida 300 gektar yer maydoni egallagan bo‘lib, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amirligining hokimi shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yilning aprel oyida tashkil etilgan.

Yo‘rg‘a tuvaloq O‘zbekiston Qizil kitobi va Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan qushlardan biri sanaladi. Shu kunga qadar markaz tomonidan qo‘yib yuborilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar soni qariyb 19 mingtaga yetdi. Endi qo‘yib yuborilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatda yashash, o‘zlarining ozuqalarini topish, yirtqichlardan himoyalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA.