French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yordam pulining bir qismini turmush oʻrtogʻidan yashirgan otaxonning siri fosh boʻldi
17:30 / 2020-08-07

Oʻz ehtiyojiga ishlatish uchun olib qolgan 500 ming haqida turmush oʻrtogʻiga hech narsa demaydi.


Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani hokimligi Joziba mahallasida yashovchi fuqaroning masʼullar 1 million soʻmga imzo qoʻydirib, 500 ming soʻm berishgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatiga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 2020-yilning 31-iyul kuni Qumqoʻrgʻon tumanining Joziba mahallasi masʼullari ijtimoiy himoyaga muhtoj koʻplab oilalar qatori Safar Toʻrayevning xonadoniga ham borib, unga 1 million soʻm moddiy yordam pulini beradi. S.Toʻrayev shuncha miqdordagi summani olganligi haqida toʻlov qaydnomasiga imzo ham qoʻyadi. Ammo, S.Toʻrayev turmush oʻrtogʻiga ushbu yordam pulining 500 mingini berib, masʼullar shuncha miqdorda yordam puli berishgani, toʻlov qaydnomasiga esa 1 million soʻmga imzo qoʻyganini aytadi. Oʻz ehtiyojiga ishlatish uchun olib qolgan 500 ming haqida turmush oʻrtogʻiga hech narsa demaydi.

Mahallada boshqa ehtiyojmand oilalarga 1 milliondan pul tarqatilganini eshitgan S.Toʻrayevning turmush oʻrtogʻi X.Pardayeva va kuyovi Oʻ.Berdiyarov ijtimoiy tarmoq orqali “Mahalla masʼullari kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun ajratilgan mablagʻlarni “1 000 000 soʻm oldim”, deb imzo qoʻydirib, ammo, 500 000 soʻm berib, suyisteʼmol qilishmoqda. Bu pullar chet el banklaridan qarzga olinmoqda. Toʻlov vaqti kelganda bu pullarni barcha soliq toʻlovchilar toʻlashga majbur boʻladi. Iltimos, shu muammoni yechishga yordam beringizlar”, deb murojaat qoldiradi.

Munosabatda ushbu murojaat boʻyicha oʻrganishlar natijasida Joziba mahallasida yashovchi Safar Toʻrayev toʻlov qaydnomasida koʻrsatilgan 1 million soʻm miqdoridagi moddiy yordam pulini toʻliq olganligi, uning 500 mingini oʻz ehtiyojlariga ishlatish uchun turmush oʻrtogʻidan yashirganini tan olgani maʼlum qilingan.

Shu oʻrinda bir savol paydo boʻladi. Hozirgi sinovli kunlarda xonadonga berilgan moddiy yordamning yarmini yashirib qolgan otaxon yolgʻonning umri qisqa ekanini nahotki anglab yetmagan boʻlsa? Ikkinchidan, qonunchiligimizda ham, dinu-diyonatimizda ham oilani moddiy taʼminlash erkaklarning vazifasiku!