Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqutistonda sovuq harorat – 60 darajaga yetmoqda
11:06 / 2023-01-09

Oymakonda – 59 daraja sovuq qayd etildi, to‘qqizta tumanda sovuq – 45 darajadan past bo‘lmoqda, deyiladi Yoqutiston gidrometeorologiyasi sayti e’lon qilgan xabarda.

Yer sharining eng past harorat kuzatiladigan hudud sifatida Yoqutistonning Oymakon va Verxoyansk shaharlari qayd  etildi.  

Ob-havoshunoslarning fikricha, respublika hududining janubi-g‘arbida qalin qor qoplagan, shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik bo‘lmagan.    

Meteokuzatuv xaritasida Oymakonda dushanba kuni – 59 daraja sovuq bo‘lishi ko‘rsatilgan.