English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilgan operator aniqlandi
16:44 / 2023-01-24

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilgan operator aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, “A.N.” mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon viloyati Izboskan tumani Poytug‘ filiali operatori M.A. va boshqalar o‘zlarining moddiy javobgarligida bo‘lgan 897,6 million so‘mlik jami 105,7 tonna benzin va dizel yoqilg‘isi sotuvidan tushgan mablag‘larni kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zA