Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
19:15 / 2025-07-24

Mamlakatimizda yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish hamda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu sohada ta’sirchan davlat nazoratini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Shu bilan birga, yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, gazdan yoqilg‘i yoki xomashyo sifatida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish lozim.

Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasining majlisida shu haqda so‘z yuritildi. Yoqilg‘i-energetika sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralarini takomillashtirishga oid qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi. 
Qonun bilan Jinoyat kodeksida elektr, issiqlik energiyasidan, gaz va suv o‘tkazgichdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga huquqni qo‘llash amaliyotidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga hamda bunday huquqbuzarliklar uchun jazo choralarining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Senatorlar ushbu qonun yoqilg‘i-energetika resurslari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishini ta’kidladi.

N.Abduraimova, O‘zA