Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini majburiy energiya auditidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
14:47 / 2024-10-21

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi “Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini hamda bino va inshootlarni energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartiblarini belgilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

Yoqilgi-energegika resurslari iste’molchilarini majburiy energiya auditidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Bino va inshootlarni energiya iste’molini energiya auditidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirishda energiya auditidan o‘tkazish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

2024 yil 1 noyabrdan boshlab foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun “A”, “V”, “S”, “D”, “Ye”, “F” va “G” belgilari joriy etiladi.

Bunda “A” toifasi energiya samaradorligi eng yuqori bo‘lgan bino va inshootlarni belgilash va tegishli ravishda “G” toifasi energiya samaradorligi eng kam bo‘lgan bino va inshootlarni belgilash uchun qo‘llaniladi.

Joriy yil yakuniga qadar foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlar uchun energiya auditorlari tomonidan o‘tkazilgan energiya auditi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar va energetika pasportlarining elektron reyestrini yuritish uchun mo‘ljallangan maxsus elektron platforma ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.

Har yili 1 oktyabrga qadar keyingi besh yilda energiya auditidan o‘tkaziladigan iste’molchilar ro‘yxati shakllantirib, Davlat energetika reyestriga kiritiladi va e’lon qilib boriladi.

O‘zenergoinspeksiya Energetika vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda energiya auditorlar uchun yoqilgi-energetika resurslari iste’molchilarida hamda bino va inshootlarda energiya auditidan o‘tkazishni belgilovchi texnik topshiriq, dasturlar, energetika pasporti va tashkiliy-texnik chora-tadbirlar rejalarining namunaviy shakllarini hamda energiya auditorlariga qo‘yiladigan miiimal talablarni ishlab chiqib, qo‘shma qaror bilan tasdiqlaydi.

O‘zA