Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoqilg‘i-energetika ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash qanday nazorat qilinmoqda?
15:33 / 2026-01-27

Yoqilg‘i-energetika sohasi har bir mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lib, uning barqaror va samarali faoliyati aholi va sanoat korxonalari uchun uzluksiz energetik ta’minotni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Qish va issiq mavsumlarda energiya resurslariga talab oshishi, shuningdek, avariyaviy va noqulay holatlar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu bois, yoqilg‘i-energetika tizimi ob’ektlarini nazorat qilish, ulardagi ekspluatatsiya ishlarini samarali tashkil etish, avariyaviy holatlarning oldini olish va sifatli energetik resurslardan foydalanish doimiy ravishda nazorat qilinmog‘i zarur.  

Mazkur chora-tadbirlar nafaqat sohaning barqarorligini ta’minlaydi, balki aholi farovonligi va sanoatning uzluksiz faoliyati uchun ham muhimdir.  

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Dadajon Isaqulov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda shu haqda so‘z bordi. Unda mas’ullar qish mavsumida yoqilg‘i-energetika tizimi ob’ektlarini barqaror ishlashini ta’minlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokamasiga e’tibor qaratdi.

Ta’kidlanganidek, yig‘ilishda energetika ob’ektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olish, ekspluatatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va ushbu ob’ektlarda doimiy ravishda o‘rganishlarni amalga oshirish masalalari muhim. Shundan kelib chiqib, inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan iste’molchilarga sifatli neft mahsulotlari yetkazib berish doirasida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishda ayrim hududlardagi mas’ullardan taqdim etilgan hisobotlar, amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar yuzasidan tushuntirishlar so‘raldi.

Yig‘ilishda energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.  

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan hududiy boshqarmalar mas’ullarining hisobotlari eshitildi va zarur tavsiyalar berildi. Bu chora-tadbirlar yoqilg‘i-energetika tizimining barqarorligini ta’minlash, aholi va korxonalar uchun uzluksiz ta’minotni saqlash hamda sohaning samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA