French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari yana kechiktirilishi mumkin
23:22 / 2021-10-04

Jangavor sport turlari bo‘yicha joriy yil Tailandda o‘tishi lozim bo‘lgan yopiq inshootlardagi VI Osiyo o‘yinlari epidemiologik vaziyat tufayli 2022 yilning 10-19 mart kunlariga ko‘chirilgan edi.

Ammo Tailandning Bangkok va Chonburi shaharlaridagi "COVID-19" pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning qaltis holatda qolayotganligi sababli hukumat qarori bilan yopiq inshootlardagi qit’a o‘yinlari 2023 yili o‘tkaziladigan bo‘lib turibdi.

Bu haqda Manila Times axborot xizmati xabar bergan.Mamlakat olimpiya qo‘mitasi mutasaddilarining fikriga ko‘ra, keyingi paytda Tailandda 1,6 million nafar kishida koronavirusning yangi alomatlari qayd qilingan bo‘lib, 17 ming nafar atrofidagi bemor vafot etgan. Mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichi iyul oyidan beri o‘rtacha 10 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu Tailandda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan sport musobaqalari taqvim rejasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori Husayn al-Musallam Tailanddagi holatning qanchalik jiddiy bo‘lishiga qaramasdan Bangkok aholisining “tabassumli bo‘lishi”ga erishish muhimligini aytib, kelgusi yilning bahorida qit’a sportchilari yopiq inshootlardagi o‘yinlarda ko‘rishishiga erishish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishdagi Osiyo o‘yinlari oxirgi marta 2017 yili Turkmanistonda tashkil etilgandi.

Tailandda o‘tkazilishi kutilayotgan bu galgi o‘yinlar dasturiga binoan qit’a sportchilari 29 ta sport turining 297 ta medal jamlanmasi uchun kurashishi lozim.

T. Ro‘ziyev, O‘zA