English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yonilg‘i quyish shoxobchalarida maxsus tekshiruvlar o‘tkazilmoqda
17:49 / 2025-07-29

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan yurtimizdagi mavjud yonilg‘i quyish, saqlash va tarqatish inshootlarida metrologik ta’minlanganlik, O‘zDSt 8.003:2005 davlat standarti hamda “Metrologiya to‘g‘risida”gi qonun ijrosi yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Suhbatjon Niyozov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida bo‘lib, hududdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarining texnik holati, hisoblash uskunalarining davlat standartlariga muvofiqligi, ularning aniqligi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ko‘rigidan o‘tkazilganlik holatini sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. 

Mazkur o‘rganishlarning asosiy maqsadi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, adolatli savdo prinsiplarini ta’minlash va yonilg‘i mahsulotlarining hisobi shaffof yuritilishiga erishishdan iborat. 

G.Boboyeva, O‘zA