Yong‘indan talafot ko‘rayotgan bir qator davlatlar Yevropa ittifoqidan ko‘mak oladi
Keng miqyosli yong‘inlar ichida qolayotgan Italiya, Gretsiya, Albaniya va Shimoliy Makedoni bu ofatga kurashda Yevropa ittifoqidan ko‘mak oladi. Yevroparlamentning tegishli bayonotida shunday deyilgan.
“Gretsiyaga Kiprdan ikki samolyot va ikkita o‘t o‘chiruvchilar guruhi yuboriladi”, deb yozadi TASS. Chexiya va Niderlandiya Albaniyaga bittadan vertolyot yuboradi. “Yevropaning yong‘in avjiga chiqayotgan hududlariga kecha-kunduz ko‘mak berish tizimini tashkil qilamiz”, dedi tanazzullarni bartaraf etish bo‘yicha yevrokomissar Yanez Lenarchich.
Eslatib o‘tamiz, o‘rmon yong‘inlari Italiyaning qator hududlari, jumladan, Sitsiliya va Sardiniyada ham boshlangandi.