Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘indan ogohlik – xavfsiz hayot garovi
10:50 / 2025-09-26

Mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va muassasalarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ayni kunlarda ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar yanada kuchaytirilib, aholining ogohligini oshirish, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining farmoyishiga asosan, joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi e’lon qilindi. Ushbu davr mobaynida har chorshanba kuni yong‘inlar profilaktikasi kuni sifatida belgilanib, turli tashkilotlar va mutasaddi idoralar hamkorligida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Profilaktika kunlari doirasida joylarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy soha ob’ektlari, maktablar, bog‘chalar, sog‘liqni saqlash muassasalari, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, shuningdek, aholi yashash hududlari bo‘ylab keng ko‘lamli yo‘riqnomalar o‘tkazilmoqda. 

Ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Uchrashuvlarda mutaxassislar tomonidan yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilish, evakuatsiya qoidalari, birinchi yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.

Buxoro viloyati Olot tumanidagi 2-umumta’lim maktabida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tibbiyot, Ichki ishlar bolimi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in holati simulyatsiya qilinib, o‘quvchilar va pedagoglar evakuatsiya qilingan, yong‘inga qarshi xizmatlar tomonidan zaruriy texnik choralar ko‘rildi. 

Aholining har bir a’zosi yong‘in xavfsizligi borasida yetarli bilimga ega bo‘lishi, bu borada o‘z yaqinlariga ham saboq berishi muhim ahamiyatga ega. Aynan shunday targ‘ibot tadbirlari orqali ko‘plab ko‘ngilsiz holatlarning oldi olinmoqda.

“Yong‘indan ogohlik” oyligi davomida amalga oshirilayotgan ishlar esa xavfsiz hayot, osoyishta turmush va sog‘lom jamiyat sari muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA