Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi davom etmoqda
16:49 / 2025-09-22

FOTOREPORTAJ

Qish faslida isitish moslamalariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi yong‘in xavfini ortishiga sabab bo‘ladi. Yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yurtimizda joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi o‘tkazilmoqda.  

Tadbir iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek, aholi turar joylarining yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirish va bu ishlarda fuqarolarning ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. 

Surxondaryo viloyatida oylik doirasida maxsus saf tadbirlari tashkil etildi. Unda hududiy FVDqT xizmatlari xodimlari hamda shahar va tuman mutasaddilari videokonferensaloqa tizimi orqali qatnashdi. Tadbirga maxsus texnika, kuch va vositalar jalb etildi.

Yig‘ilishda oylik doirasida sohalar hamda hududlar kesimida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar, chora-tadbirlar va harakat yo‘nalishlari belgilab olindi.

[gallery-25404]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA