Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti
19:11 / 2024-07-08

Termiz garnizoni yong‘in nazorati inspeksiyasi xodimlarining Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy shaharchadagi harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, xonadonlarni yong‘indan asrash, yong‘in sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, yashash xonadonlarida yozgi mavsumda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini kuchaytirish maqsadida kuch va tuzilmalar ishtirokida nazariy va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulotga Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi va maxsus texnikalar jalb etildi. 

Dastlab mashg‘ulotning nazariy qismida harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga mutaxassislar tomonidan yashash xonadonlari va hududlarda qurigan o‘tlar paydo bo‘lishiga yo‘l quymaslik, qurigan o‘tlarni o‘z vaqtida tozalash va hududlardan olib chiqish, gaz va elektr asboblaridan foydalanayotganda yong‘in xavfsizligi choralariga to‘liq amal qilish, ularni nazoratsiz qoldirmaslik, nosoz va yaroqsiz sovutish uskunalaridan foydalanmaslik kabi  xavfsizlik choralari tushuntirildi. 

[gallery-18180]

Harbiy shaharchalardagi uylarda, xonadonlar va yotoqxonalarda yashovchi harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilar va ularning oila-a’zolari o‘rtasida kundalik hayotda elektr va gaz asboblaridan foydalanayotganda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari borasida yo‘riqnoma va tushuntirish ishlarini muntazam olib borish, hududlardagi barcha birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari, ichki yong‘in o‘chirish jo‘mraklari, yong‘inga qarshi zaxira suv saqlash havzalari doimo suv bilan to‘ldirilgan holda saqlanishi kerakligi mas’ul bo‘lgan shaxslarga yetkazildi.    

Mashg‘ulotning ikkinchi qismida harbiy qism shaxsiy tarkibiga birlamchi yong‘in o‘chirish vositalarining taktik-texnik xususiyatlari, favqulodda yong‘in sodir bo‘lganda ulardan foydalanish tartibi, yong‘indan, elektr tokidan zararlangan va is gazidan zaharlangan shaxsga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi, shuningdek, yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi kuch va vositalarning harakatlari mutaxassislar tomonidan amalda ko‘rsatib berildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA