Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” davom etmoqda
13:14 / 2025-12-26

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilib, oylik doirasida korxona va tashkilotlarda, aholi o‘rtasida turli targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari hamda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Bugungi kunda Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida 4000 nafardan ortiq ishchi-xizmatchi mehnat qiladi. Birlashmaning asosiy faoliyati kon-tog‘ sanoatida qo‘llaniladigan texnikalarga ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va ularni ta’mirlashdan iborat.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlab chiqarish jarayonlari yuqori texnik xavfli hisoblanib, xavfsizlik talablariga izchil rioya etishni talab etadi. 

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” davlat korxonasi ob’ektlarida Favqulodda vaziyatlar markazi tomonidan Navoiy mashinasozlik zavodi Asbobsozlik sexida sodir bo‘lgan shartli yong‘inni o‘chirish o‘quv taktik mashg‘uloti o‘tkazildi. 

Mashg‘ulot jarayonida mavjud hamkorlikdagi xizmatlar bilan majmuada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalarning oldini olish, ishchi-xodimlarning sog‘ligi va foydalanib kelinayotgan mol-mulklarni asrash hamda yong‘inlarni bartaraf etishda shaxsiy tarkib jangovar shayligi tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek, xodimlar tomonidan favqulodda holatlar sodir bo‘lganda qanday harakat qilish lozimligi va fuqarolarni tezkor evakuatsiya qilish hamda yong‘in sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan manbaalarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

[gallery-26925]

– Xalqimizda olov, yong‘in kutib turmaydi, degan ibora bor. Yong‘inni bartaraf qilgandan ko‘ra uning oldini olgan afzal, – deydi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiyuran” davlat korxonasi ob’ektlarida Favqulodda vaziyatlar markazi boshlig‘i Ismoil Sharipov. – Korxona va tashkilotlarda, shu jumladan, o‘ta muhim hamda toifalangan ob’ektlarda Favqulodda vaziyatlar markazi harbiy xizmatchilari tomonidan muntazam ravishda kunlik o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonda faoliyat yuritayotgan ishchi-xizmatchilar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yong‘in holatlarida to‘g‘ri harakatlanish va uni tezkor bartaraf etish maqsadida amaliy taktik-texnik mashq-mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, har chorakda yong‘in xavfsizligi holatini yanada yaxshilashga qaratilgan yong‘in-texnik komissiya yig‘ilishlari tashkil etilib kelinmoqda.

Ushbu taktik mashg‘ulotlar shaxsiy tarkib amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda favqulodda holat sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanishlarida muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatlidir. 

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari