Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" davom etmoqda
13:47 / 2022-12-03

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish boshqarmasi, Navoiy kon metallurgiya kombinati Davlat korxonasi ob’ektlarini yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi Janubiy kon boshqarmasi va Navoiy sanoat maydoni ob’ektlarini yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2022-yil 10-noyabr kunidagi 527–sonli buyrug‘iga asosan Respublikamiz hududida joriy yilning 15 noyabrdan 15 dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni tizimli o‘tkazish maqsadida NKMK “Jamg‘armasi” Davlat muassasasi “Nurobod” radonli suv bilan davolash profilaktoriyasida yong‘inni oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Maskan hududida 50 nafar ishchilar ishtirokida yong‘in o‘chirish avtomobilida mavjud yong‘in o‘chirish anjomlari namoyishi va birlamchi yong‘in o‘chirish anjomlaridan foydalanish to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

10-Yong‘in qutqaruv qismi boshlig‘i mayor Shamakov Sherzod Rabbimqulovich yig‘ilganlarga yong‘in o‘chirish avtomobilining taktik-texnik xususiyatlari buyicha ma’lumot berdi. 

Nurobod radonli suv bilan davolash profilaktoriyasi bosh shifokori Normatova Gulchexra Djumabayevna bulib o‘tgan tadbir bo‘yicha ma’lumot bergan. Janubiy kon boshqarmasi va Navoiy sanoat maydoni ob’ektlarini yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi profilaktika va nazorat bulinmasi xodimlari va Nurobod tuman hududgaz xodimlari hamda  Nurobod elektr tarmoqlari xodimlari bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumi davrida aholi va davlat korxonalarida yong‘inni olidini olish maqsadida tekshiruvlar olib borildi. 

Tekshiruv davomida quyidagilarga a’lohida e’tibor berildi xonadonlarda va korxonalarda  mavjud gaz tarqatish qutilari hamda gaz va elektr qurilmalarining sozligi xamkorlikda tekshirilib chiqildi. Profilaktika va nazorat bo‘linmasi mutaxassisi Samatov Anvar Samatovich tomonidan  korxona ishchi –xizmatchilari bilan 20 marotaba suhbat o‘tkazdi va bunda 1000  nafar  ishchi xizmatchilar qatnashdi.  Nurobod hududida joylashgan NKMK ob’ektlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbiri davomida tekshiruv o‘tkazilganda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan  maskan javobgar xodimlariga nisbatan   5 marotaba ma’muriy jarimalar qo‘llanilib, korxonalar rahbarlariga 3 marotaba kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Axborot xatlari kiritildi .  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/jBDN_oivpDY" title=""Yong‘in xavfsizligi oyligi" davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

O‘zA